date

Buyuk Britaniya G‘azo va Ukraina urushi haqidagi postlarni bloklamoqda

Buyuk Britaniya G‘azo va Ukraina urushi haqidagi postlarni bloklamoqda
Buyuk Britaniyada kuchga kirgan Online Safety Act qonuni tufayli X (Twitter) va Reddit platformalarida G‘azo va Ukraina urushi haqidagi ba’zi postlar yoshni tasdiqlamagan foydalanuvchilar uchun vaqtincha cheklanmoqda. Qonunning haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan tatbiq etilishi ommaviy muhokamaga loyiq kontentlarning ham bloklanishiga olib kelmoqda.

Qonun 18 yoshgacha bo‘lganlarni zararli kontentlardan, o‘ziga zarar yetkazish targ‘ibotidan himoyalashni maqsad qilgan. Ammo G‘azoda vayronalar orasida yaqinlarini izlayotgan erkak aks etgan video yoki Ukrainada urib tushirilgan dron tasvirlari kabi postlar hech qanday shafqatsiz sahnalarni ko‘rsatmasa-da, bloklangan.

Redditda esa Ukraina mojarosi, G‘azo urushi va tibbiyot mavzulariga oid sahifalarni ko‘rish uchun ham yoshni tasdiqlash talab qilinmoqda. Hatto bolalarga qarshi zo‘ravonlik haqida aytilgan parlament nutqlari ham cheklovga uchragan.

Mutaxassislar qonun noto‘g‘ri qo‘llanilsa, so‘z erkinligiga putur yetkazishini aytmoqda. X egasi Ilon Mask qonunni tanqid qilib, uni “xalqni bostirish vositasi” deb atadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Buyuk Britaniya G‘azo va Ukraina urushi haqidagi postlarni bloklamoqda