Google kompaniyasi Gemini sun’iy ong platformasining ikkinchi avlodini — Gemini 2.0'ni omma e’tiboriga taqdim etdi. Yangi tizim avvalgi versiyalarga nisbatan ancha kuchliroq, intellektual muloqot qilish qobiliyati yanada takomillashtirilgan, turli tillarda javob berishda ham yuksak aniqlikka ega.
Gemini 2.0 yangi neyron tarmoq asosida ishlaydi. U faqat matn emas, balki rasm, video, kod va audio ma’lumotlarini ham tahlil qilish imkoniyatiga ega. Bu uni ko‘p formatli (multimodal) II platformasiga aylantiradi.
Google ma’lum qilishicha, Gemini 2.0 dastlab Pixel 10 smartfonlariga, keyin esa Gmail, Docs, Google Search kabi xizmatlarga integratsiya qilinadi. Shu bilan birga, u Android tizimli qurilmalarda ham faol foydalanish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar