date

"Загрузка" nishonchasi: yangi aksessuar internetda virusga aylandi

"Загрузка" nishonchasi: yangi aksessuar internetda virusga aylandi

Odamlar bilan muloqot qilishni xohlamaydigan paytlarda jamiyatga hazilomuz va zamonaviy ishora yo‘llash mumkinmi? Sotsial tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan yangi aksessuar aynan shu muammoni hal etmoqda. Gap "загрузка" (yuklanish) animatsiyasi ko‘rinishidagi obodak haqida ketmoqda.

Bu aksessuar bir vaqtning o‘zida ham moda, ham ijtimoiy signal, ham miqdorsiz memdir. Kompyuter yoki telefonda ko‘p kuttirilgan fayllar ochilishi paytida paydo bo‘ladigan yuklanish belgisi endilikda haqiqiy hayotiy ramzga aylangan: «Men hozircha ishlayapman – iltimos, bezovta qilmang».

TikTok va boshqa platforma foydalanuvchilari bu obodakni ofis, universitet yoki ommaviy uchrashuvlarda kiyishni tavsiya qilishmoqda. «Men hozir yuklanyapman» degan jiddiy-hazil bildiruv atrofdagilarga muloqotga tayyor emasligingizni tushuntirishning ijobiy va o‘ziga xos yo‘liga aylangan.

Aksessuar tashqi ko‘rinishidan oddiy: siyoh rangli oddiy obruch va peshona ustida aylanib turuvchi yuklanish nishonchasi. Bir qarashda hazildek tuyulishi mumkin, biroq uning axborot zamonasidagi ijtimoiy ramz sifatidagi ahamiyati jiddiy. Shiddatli raqamli hayotda har kimda vaqt-vaqti bilan «qayta yuklanish» ehtiyoji paydo bo‘ladi.

Mazkur aksessuar internetda millionlab ko‘rishlarga ega bo‘lgan roliklar orqali virusga aylandi. Bu trendni marketpleyslar ham tezda ilg‘ab olishdi – ayni paytda onlayn do‘konlarda bu kabi obodaklar taxminan 600 rubl (o‘zbek so‘mida 80 ming atrofida) narxda taklif qilinmoqda.

Foydalanuvchilar aksariyat hollarda xariddan mamnun: ularga nafaqat g‘oya, balki aksessuarning sifati ham ma’qul kelgan. Hazil va moda birlashmasidan tug‘ilgan bunday aksessuar raqamli dunyoda shaxsiy hududni yumshoq, ijobiy va farqli tarzda belgilash imkonini yaratadi.


Manba: Peopletalk

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Загрузка" nishonchasi: yangi aksessuar internetda virusga aylandi