date

Apple tarixiy natijaga erishdi: 3 milliard dona iPhone sotildi

Apple tarixiy natijaga erishdi: 3 milliard dona iPhone sotildi

Texnologiya olamidagi yana bir katta rekord qayd etildi, deb xabar berdi rozetked.me. Apple kompaniyasi o‘zining uch milliardinchi iPhone smartfonini muvaffaqiyatli sotib, yana bir yirik bosqichni belgiladi. Bu yuksak natijaga yetish uchun kompaniyaga 18 yil talab etildi.

Apple bosh direktori Tim Kuk tahlilchilar bilan suhbat davomida bu muvaffaqiyat haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, kompaniya o‘zining birinchi iPhone modelini 2007 yilda taqdim etgan va oradan 9 yil o‘tib, 2016 yilda milliardinchi smartfon sotilgan. Qayd etish joiz, aynan o‘sha paytda Tim Kuk iPhone'ni “tarixdagi eng muhim, dunyoni o‘zgartirgan va muvaffaqiyatli mahsulotlardan biri” deb e’tirof etgan edi.

Apple tarixidagi ikkinchi milliard iPhone smartfonining sotilishi sanasi aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, mutaxassislar bu muhim bosqich 2021 yil sentyabrida amalga oshgan, deb taxmin qilishmoqda. Demak, birinchi milliard qurilma 9 yil ichida sotilgan bo‘lsa, ikkinchisiga 5 yil, uchinchisiga esa atigi 4 yil yetarli bo‘ldi. Bu — iPhone smartfonlariga talab yil sayin o‘sib borayotganidan dalolat.

Yaqinda Apple kompaniyasi 2025 yilning uchinchi moliyaviy choragi yakunlarini e’lon qildi. Moliyaviy hisobotga ko‘ra, ushbu davrda daromad 94,04 milliard dollarga yetdi va eng ko‘p foyda, tabiiyki, aynan iPhone smartfonlari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Apple'ning dunyo texnologik bozoridagi yuqori nufuzi va innovatsion yondashuvi yana bir bor tasdiqlandi. Kompaniyaning har bir yangi mahsuloti va yangilangan funksiyalari millionlab insonlar hayotini yangicha ifoda va qulayliklar bilan boyitmoqda.

Apple'ning bugungi muvaffaqiyati — nafaqat kompaniya, balki butun texnologiya sanoati uchun muhim voqelik bo‘lib, yangi marralarga ilhom beradi. Yangi tarixiy bosqichlar oldimizda!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple tarixiy natijaga erishdi: 3 milliard dona iPhone sotildi