date

Mastercard Valve’ga bosim o‘tkazganini rad etdi

Mastercard Valve’ga bosim o‘tkazganini rad etdi

Mastercard o‘yin platformalariga kontentni cheklash yoki to‘lov tizimlarini o‘zgartirish uchun bosim o‘tkazayotgani haqidagi da’volarni rad etdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Kompaniyaning rasmiy bayonotida aytilishicha, ularning siyosatlari faqat qonunbuzarliklarning oldini olish va to‘lov xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Shu sababli, Mastercard o‘zini neytral to‘lov provayderi sifatida ko‘rsatmoqda.

Biroq Valve kompaniyasiga ko‘ra, Mastercard tomonidan ayrim o‘yinlar kontentiga, jumladan, kattalar uchun mo‘ljallangan materiallarga nisbatan “monitoring va bosim” bo‘lgan. Bu Valve’ni ayrim to‘lov funksiyalarini cheklashga majbur qilgan.

Valve vakillari buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat erkinligiga aralashuv deb baholamoqda.

Mastercard esa bu ayblovlarga javoban, barcha qarorlar platformalarning o‘zi tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Hozirda geymerlar va tahlilchilar bu holatni internetda qizg‘in muhokama qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mastercard Valve’ga bosim o‘tkazganini rad etdi