date

OpenAI har qanday vazifani bajara oladigan AI ustida ishlamoqda

OpenAI har qanday vazifani bajara oladigan AI ustida ishlamoqda

OpenAI kompaniyasi foydalanuvchilar nomidan istalgan vazifani mustaqil bajara oladigan sun’iy intellekt yaratish ustida jiddiy ish olib bormoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Kompaniyaning asosiy maqsadi — “AI agent” konsepsiyasini to‘liq hayotga tadbiq etish. Bunday agent siz o‘rningizga hujjat tayyorlashi, xarid qilish, elektron xat yozish, ma’lumot izlash yoki boshqa kundalik ishlarni amalga oshirishi mumkin.

OpenAI muhandislari ta’kidlashicha, bu texnologiya ChatGPT’ning kengaytirilgan shakli bo‘lib, unda kontekstni tushunish, bir necha vazifani uzluksiz bajarish va xatolarni bartaraf etish kabi imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.

Kompaniya bu borada xavfsizlik va inson nazorati ustuvor ahamiyatga ega ekanini ham ta’kidlamoqda. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda AI’ning aniq cheklovlari bo‘lishi kerak.

OpenAI ushbu texnologiyani qism-ma-qism sinovdan o‘tkazib, so‘ng ommaga taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar bu yo‘nalish sun’iy intellekt rivojida yangi bosqichni boshlab berishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI har qanday vazifani bajara oladigan AI ustida ishlamoqda