
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Weibo tarmog‘ida yangi mahsulotning tizerini e’lon qildi. Tizerdagi barcha tafsilotlar elektromobilga tegishli. Biroq hali ushbu ma’lumot to‘liq tasdig‘ini topmagan. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ruga asoslanib Terabayt.uz xabar bermoqda.
Xitoy ijtimoiy tarmog‘ida nashr etilgan bannerda avtomobil shinasining izlari aks etgan, “E-ABS” degan yozuv esa elektron antibloklash tizimidan darak bermoqda. Shuningdek, xitoycha yozuvdagi bannerda kruiz-kontrol va parmalangan tormoz disklar haqida ham so‘z bormoqda. Yangi mahsulotning taqdimoti 12 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi rahbari Ley Yun o‘tgan yili kompaniya yaqin 5 yil mobaynida avtomobil ishlab chiqarmasligini ma’lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar