Roku “Howdy” nomli yangi striming platformasini ishga tushirdi, u faqat $2.99 (taxminan 38,000 so‘m) oylik obuna evaziga reklamasiz kontent taqdim etadi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Howdy xizmati arzon narxda keng film va teleseriallar tanlovini taklif etib, Netflix va Hulu kabi raqobatchilarga muqobil bo‘lib chiqmoqda.
Roku vakillariga ko‘ra, Howdy platformasida yuzlab serial va filmlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar ularni hech qanday reklamasiz tomosha qilishlari mumkin.
Platforma hozircha faqat AQShda faol va Roku qurilmalari yoki mobil ilovalar orqali mavjud.
Kompaniya bu xizmatni arzon, qulay interfeys va uzluksiz kontent asosida ishlab chiqqanini bildirdi.
Howdy’ning kontenti asosan komediya, drama va ijtimoiy mavzularga yo‘naltirilgan. Tez orada u kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!