date

Instagram yangi xarita funksiyasi bilan Snapchat’ga raqobatchi bo‘lmoqda

Instagram yangi xarita funksiyasi bilan Snapchat’ga raqobatchi bo‘lmoqda

Instagram platformada yangi “Instagram Map” funksiyasini joriy etib, Snapchat’ga raqobatchi sifatida maydonga chiqmoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Bu funksiya orqali foydalanuvchilar geolokatsiya asosida yaqin atrofdagi odamlar, hodisalar va kontentlarni jonli xarita orqali ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Instagram Map yordamida real vaqtda postlar, story va Reels’lar joylashuvga asoslangan holda aks ettiriladi. Bu esa foydalanuvchilarga atrofdagi voqealardan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Instagram vakillarining aytishicha, bu funksiya ijtimoiy aloqalarni kuchaytirish va mahalliy kontentni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Snapchat uzoq yillardan buyon “Snap Map” orqali shunga o‘xshash xizmatni taklif qilib kelmoqda. Endi esa Instagram ham bu yo‘ldan bormoqda.

Yangi “Instagram Map” avval AQShda sinov tariqasida ishga tushiriladi va keyinchalik global darajada yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram yangi xarita funksiyasi bilan Snapchat’ga raqobatchi bo‘lmoqda