AI asosida kod yozuvchi startaplar yuqori ishlash xarajatlari va past foyda marjalari tufayli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Ko‘plab kompaniyalar modellarni o‘qitish, server infratuzilmasi va litsenziya xarajatlari baland bo‘lgani sabab mablag‘larini tez sarflab yubormoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, bunday startaplar yirik texnologiya gigantlari bilan raqobatda qiynalmoqda, chunki ular arzon va keng ko‘lamli AI xizmatlarini taklif qila oladi.
Ko‘pincha mijozlarni jalb qilish narxi olinadigan foydadan yuqori bo‘lib qoladi, bu esa startaplarni uzoq muddatli barqarorlikdan mahrum qiladi.
Investorlar ham yuqori xarajat va past rentabellik tufayli ehtiyotkorlik bilan sarmoya kiritmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, faqat innovatsion mahsulot va iqtisodiy samaradorlikni birlashtira olgan startaplargina bozorni egallab qolishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!