date

Pekinda robotlar do‘koni ochildi: inson qiyofasidagi modellardan oshpazlargacha

Pekinda robotlar do‘koni ochildi: inson qiyofasidagi modellardan oshpazlargacha
Xitoy poytaxti Pekinda yangi “Robot Mall” do‘koni ish boshladi. Bu yerda Albert Eynshteyn qiyofasidagi hayotiy o‘lchamdagi gumanoyid robotlardan tortib, mexanik ofitsiantlargacha 100 dan ortiq turdagi mahsulot sotuvga qo‘yilgan. Do‘kon mamlakatda inson qiyofasidagi va maishiy robotlarni sotishga ixtisoslashgan ilk savdo maskanlaridan biri hisoblanadi.

Robot Mall avtomobil dilerlik markaziga o‘xshash tarzda ishlaydi – xarid, ehtiyot qismlar va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari bir joyda taqdim etiladi. Robotlar narxi 2 ming yuandan (278 dollar) bir necha million yuangacha boradi. Xaridorlar it ko‘rinishidagi modellar, shaxmat o‘ynaydigan robotlar va boshqa interaktiv qurilmalarni sinab ko‘rishlari mumkin.

Do‘kon yonida mavzuli restoran joylashgan bo‘lib, u yerda mijozlarga xizmat ko‘rsatish va taom tayyorlashni robotlar amalga oshiradi. Savdo markazida 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy brendlar robotlarini namoyish qilmoqda.

Robot Mall ochilishi Pekinda boshlangan Besh kunlik Jahon Robot Konferensiyasi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar 1 500 dan ziyod ishlanmasini taqdim etmoqda. Shuningdek, 14–17-avgust kunlari ilk bor Jahon Gumanoyid Robotlar O‘yinlari o‘tkaziladi, unda 20 dan ortiq davlat jamoalari yengil atletika, raqs va futbol bo‘yicha bellashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pekinda robotlar do‘koni ochildi: inson qiyofasidagi modellardan oshpazlargacha