Pinterest bosh direktori Bill Reddyning aytishicha, “agentic shopping” — ya’ni AI asosida to‘liq avtonom onlayn xarid qilish tizimi — hali ro‘yobga chiqishiga ancha bor, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, bu texnologiya faqat mahsulot tavsiyalari emas, balki butun xarid jarayonini — qidirishdan tortib to‘lov va yetkazib berishgacha — mustaqil boshqarishi kerak bo‘ladi.
Reddyga ko‘ra, hozircha AI xarid jarayonida yordamchi vosita sifatida yaxshi ishlayapti, ammo to‘liq avtonom savdoni amalga oshirish uchun texnik va ishonch masalalari hal etilishi lozim.
Pinterest hozircha AI’ni foydalanuvchilar uchun ilhom manbai va mahsulot tavsiyalarini yaxshilash uchun qo‘llayapti.
U, avtonom savdo tizimlari keng ommalashishi uchun foydalanuvchilar ishonchi, huquqiy asoslar va xavfsizlik standartlari mustahkamlanishi zarurligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!