Taniqli tadbirkor va SpaceX hamda Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Wikipedia onlayn ensiklopediyasini keskin tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, platforma hozirgi kunda ishonchli manba sifatida qo‘llanilishi mumkin emas.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Wikipedia tahririyat siyosati haddan tashqari "chap-maylda va nigilistik" ruhda bo‘lib, bu axborotning betarafligiga jiddiy putur yetkazadi. Uning fikricha, ma’lumotlar berilishida ayrim g‘oyalar va siyosiy nuqtayi nazarlar ustuvor qilinadi.
Qizig‘i shundaki, Maskning bu fikrini portal asoschilaridan biri — Larri Senger ham qo‘llab-quvvatladi. Senger o‘z bayonotida so‘nggi yillarda ko‘plab foydalanuvchilar Wikipediaga ishonchni yo‘qotganini va ensiklopediyada haqiqiy xolislikni saqlash borasida jiddiy muammolar borligini ta’kidladi.
Tahlilchilarning fikricha, Wikipedia dunyoning eng mashhur onlayn ma’lumot manbalari qatorida bo‘lsa-da, uning kontentiga tahrirlar ochiq bo‘lgani uchun ayrim hollarda subyektiv yondashuvlar kirib kelishi mumkin. Bu esa o‘quvchilarni axborotni tanqidiy tahlil qilishga undaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!