Yaqin kelajakda Apple o‘zining ko‘p yillik an’anasini buzib, o‘rta segment bozoriga chiqishi mumkin. Rozetked nashrining yozishicha, kompaniya A18 Pro telefon chipida ishlaydigan arzon MacBook modelini ishlab chiqmoqda. Yangi noutbuk 12,9 dyuymli ekranga ega bo‘ladi va taxminan 600–700 dollar (6,6–7,7 mln so‘m atrofida) narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu MacBook asosiy maqsadli auditoriyasi — budjet imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilar. Bu mahsulot iPad va Chromebook o‘rtasidagi raqobat davom etayotgan ta’lim bozori uchun emas, balki keng omma uchun mo‘ljallanadi. Apple so‘nggi 10 yil ichida bunday arzon noutbuk chiqarmagan — hatto eng arzon MacBook Air ham hozirda 999 dollardan boshlanadi.
Arzonlashtirilgan MacBook'ni ishlab chiqarish bilan Tayvanning Quanta Computer kompaniyasi shug‘ullanadi. Ayrim komponentlar ishlab chiqarishi joriy chorak oxirida boshlanishi, to‘liq taqdimot esa 2026 yil boshiga rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!