Apple’ning “aqlli” soatlari 24 apreldan sotuvga chiqariladi

Apple korporasiyasi rahbari Tim Kuk xodimlariga yo‘llagan xabarnomada korxonada ishlab chiqarilgan yangi Apple Watch “aqlli” soatlari 24 apreldan sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgan. Xabarnoma matnini 9to5mac resursi keltiradi.
Unda aytilishicha, soat uchun 1000dan ortiq ilova moslashtirilgan. Soatni kompaniyaning to‘rtta mamlakatda joylashgan 400ta do‘konidan xarid qilish mumkin.
Kompaniya xodimlari uchun 50 foizli chegirma ko‘zda tutilgan. Soatning Watch Edition nomli oltin versiyasi chegirmalarsiz sotiladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing