
Sun’iy intellekt startapi Perplexity Google Chrome brauzerini 34,5 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kutilmagan taklif bildirdi. Kompaniya bu qadam foydalanuvchi xavfsizligini oshirishi va ochiq internetni qo‘llab-quvvatlashini aytmoqda.
Google hozircha Chrome’ni sotish rejalari yo‘qligini bildirmagan. Dunyo bo‘yicha uch milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega Chrome — eng ommabop brauzer hisoblanadi.
Perplexity bitim amalga oshsa, Chrome’da Google qidiruvi standart bo‘lib qolishini, ammo foydalanuvchilar sozlamalarni o‘zgartira olishini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya Chrome va boshqa brauzerlarni qo‘llab-quvvatlaydigan Chromium platformasini ham rivojlantirishni davom ettirmoqchi.
Mutaxassislar taklifni Chrome’ning haqiqiy qiymatidan ancha past deb baholamoqda. Ba’zilar bu taklifni e’tibor qozonish uchun qilingan deb taxmin qilmoqda.
Perplexity yaqinda Comet nomli AI-quvvatli brauzerini ishga tushirdi. Kompaniya avval AQShdagi TikTok versiyasini sotib olish bo‘yicha ham taklif bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar