Rossiyaning aloqa sohasidagi nazorat organi — Roskomnadzor Telegram va WhatsApp messenjerlarida qo‘ng‘iroqlar funksiyasiga qisman cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi. WhatsApp esa Meta kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Rossiya Federatsiyasida ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va faoliyati taqiqlangan. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.
Idora vakillarining ta’kidlashicha, bunday choralar “jinoyatchilar faoliyatiga qarshi kurashish” maqsadida amalga oshirilmoqda.
So‘nggi kunlarda messenjer foydalanuvchilari qo‘ng‘iroqlar ishlashida muammolar kuzatilayotgani haqida ommaviy ravishda shikoyat qilishgan. 12 avgust kuni nosozliklarni monitoring qiluvchi maxsus xizmatlar 10 mingdan ortiq murojaatni qayd etgan.
Roskomnadzor bunday qadamlar vaqtinchalik choralar ekanini, lekin foydalanuvchilarga noqulayliklar bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!