date

Telegram rekord darajada millionlab kanallarni o‘chirdi

Telegram rekord darajada millionlab kanallarni o‘chirdi

Telegram 2025 yilning boshidan buyon 20,9 milliondan ortiq kanal va guruhni o‘chirib tashladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu messenjer faoliyatidagi eng katta “tozalash” jarayoni hisoblanadi. Ayniqsa, 27-iyul kuni 402 mingdan ortiq kanal va guruh yopilib, rekord qayd etildi.

Shuningdek, 3-iyul kuni ham yirik miqyosda bloklash amalga oshirilib, 314 ming kanal yopilgani qayd etilgan. Rasmiy bayonotda aniq sabablar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda bu qaror foydalanuvchi shikoyatlari, firibgarlik, tovlamachilik yoki shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Telegram asoschisi Pavel Durov so‘zlariga ko‘ra, kompaniya so‘nggi paytlarda platformani “doksing” va noqonuniy kontentdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, messenjer foydalanuvchilar uchun maxsus reyting tizimini ham joriy etmoqda.

Yangi reyting tizimi har bir foydalanuvchi o‘z hisobining darajasini ko‘rish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkich kelgusida to‘lov xizmatlari yoki qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram rekord darajada millionlab kanallarni o‘chirdi