Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bu davrda, batareyaning sog‘lom holda ishlashi har bir foydalanuvchi uchun muhim. Ko‘pincha telefon yomkosti pasayishi faqat noto‘g‘ri qo‘llanish sababli sodir bo‘ladi. Shuning uchun quyida keltirilgan amaliy maslaxatlar sizga qurilmangiz batareyasini uzoq muddat yaxshi holda saqlashga yordam beradi.
Birinchi navbatda, qurilmani doimiy ravishda 100% gacha qo‘yish shart emas. Muttaxassislar aytishiga ko‘ra, batareya uchun eng maqbul quvvat oraligi 20%dan 80%gacha hisoblanadi. Bu ortiqcha quvvatlanish xavfini kamaytiradi va elementlarning tez eskishining oldini oladi.
Ikkinchidan, telefonni to‘liq razryad bo‘lib o‘chib qolishigacha ishlatishni odat qilmang. Bu amal batareyaning ichki sikllariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng yaxshi yo‘l — quvvat 20% ga yaqinlashganda uni qayta qo‘yishdir.
Uchinchi maslaxat — ortiqcha issiqlikdan asrash. Yuqori harorat batareyaning ichki kimyoviy tuzilishini buzadi. Shuning uchun telefonni quyosh ostida qoldirmaslik, yoki qizib ketishi mumkin bo‘lgan holatlarda uzoq ishlatmaslik kerak.
To‘rtinchi tavsiya — arzon va sifatsiz zaryadlash qurilmalaridan voz kechish. Rasmiy yoki ishonchli ishlab chiqaruvchi adapterlari batareyaga ortiqcha kuchlanish yoki tok zarbasi keltirmasligi bilan afzal.
Beshinchidan, foydalanilmayotgan funksiyalarni o‘chirish. Masalan, Bluetooth, GPS yoki Wi-Fi doimiy yoqilgan holda tursa, batareya tezroq ishlatiladi. Faqat zarur paytda ularni faollashtirish, quvvat tejamkorligiga katta hissa qo‘shadi.
Shu tavsiyalarga amal qilish orqali siz nafaqat batareya xizmat muddatini sezilarli uzaytirasiz, balki telefondan har kuni samarali foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!