Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumotni Starlink o‘z saytida e’lon qildi. Unda xizmatning ishga tushishi aniq 2026 yilga belgilangan.
Shuningdek, 13 avgustdan boshlab Qozog‘istonda ham Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti xizmatlari rasman ishga tushdi. Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi xabar berishicha, buning natijasida aholi yuqori tezlikdagi va ishonchli internetga kirish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink past orbitali sun’iy yo‘ldoshlari orqali amalga oshiriladi.
Starlinkning texnologiyasi, asosan, mahalliy internet xizmatlaridan uzilgan yoki qiyin, cheklangan hududlarda yashovchilar uchun yangilik va imkoniyatdir. Masalan, olib borish qiyin bo‘lgan joylarda ham Starlink orqali barqaror internetga ulanishni ta’minlash mumkin. Bu xizmat, ayniqsa, qishloq va shahardan tashqari hududlarda internetdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
SpaceX tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu innovativ loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda internetga bo‘lgan yangi talab va ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Starlinkning O‘zbekistonda ishga tushishi, o‘z navbatida, mamlakatdagi raqamli rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Starlink interneti O‘zbekistonga 2026 yilda keladi: yangiliklar va umidlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar