date

Tadbirkorlarga raqamli platformalar orqali yordam beriladi

Tadbirkorlarga raqamli platformalar orqali yordam beriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ro‘yxatdan o‘tishdan tortib hisobot topshirishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni qamrab oluvchi raqamli platformalar yaratiladi, deb Kursiv xabar berdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qildi. Yangi tizimda hujjatlarni elektron kalitsiz, faqat biometrik ma’lumot va SMS orqali onlayn imzolash mumkin bo‘ladi.

Xodimlar uchun maoshni har kuni yoki soatbay elektron hamyon orqali olish imkoniyati yaratiladi.

Bu o‘zgarishlar 2030-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tadbirkorlarga raqamli platformalar orqali yordam beriladi