date

Xiaomi birinchi simsiz televizorini bozorga taqdim etdi

Xiaomi birinchi simsiz televizorini bozorga taqdim etdi

Xitoyning yirik texnologiya kompaniyasi Xiaomi o‘zining birinchi simsiz televizorini sotuvga chiqardi. Yangi qurilma Xiaomi Max 27 deb nomlanadi va bir qator zamonaviy imkoniyatlarga ega.

Televizor 27 dyuymli IPS matrisa bilan jihozlangan bo‘lib, Full HD tasvir sifati va 60 Gs chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma balandlik hamda egilish burchagini sozlash mumkin bo‘lgan stendga o‘rnatilgan. Shuningdek, televizorni tashish uchun g‘ildiraklar ham qo‘shilgan.

Xiaomi Max 27 ekranidan landshaft yoki portret yo‘nalishida foydalanish mumkin. Eng qiziq tomoni shundaki, u 16 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotiraga ega.

Qurilma 9700 mA/soat sig‘imli batareyadan quvvatlanadi va uzluksiz 13 soat ishlash imkonini beradi. Uning narxi 3999 yuan (taxminan 6 million so‘m) qilib belgilangan.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu model Xiaomi televizorlar bozorida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi birinchi simsiz televizorini bozorga taqdim etdi