date

Apple korxonalar uchun ChatGPT nazoratini joriy qilmoqda

Apple korxonalar uchun ChatGPT nazoratini joriy qilmoqda

Apple sentabr oyida chiqadigan dasturiy yangilanishlar orqali korxonalar uchun ChatGPT’ni boshqarish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda, deb yozmoqda TechCrunch sayti.

Ushbu yangiliklar orqali IT boshqaruvchilari faqat OpenAI emas, balki boshqa tashqi AI-ta’minotchilarni ham cheklash yoki ruxsat berish imkoniga ega bo‘ladi. Bu Apple’ga boshqa AI-platformalar bilan hamkorlik qilishga yo‘l ochadi.

Shuningdek, Apple Business Manager xizmati uchun API, Vision Pro qurilmalari uchun Return to Service funksiyasi, Guest Mode va NFC orqali login kabi qulayliklar ham joriy etiladi. Barcha yangiliklar sentabr oyida amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple korxonalar uchun ChatGPT nazoratini joriy qilmoqda