Coinbase rahbari Brayan Armstrong kompaniya muhandislariga SI vositalarini ishlatishni majburiy qilganini va bu talabni bajarmaganlarni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi, deb TechCrunch yozmoqda.
Armstrong aytishicha, GitHub Copilot va Cursor uchun litsenziyalar xarid qilingach, ayrim xodimlar bu texnologiyalardan foydalanishni kechiktirgan. Shunda u Slack’dagi asosiy kanal orqali e’lon bergan: “Hafta oxiriga qadar SI’dan foydalanishni boshlang. Aks holda, shanba kuni yig‘ilish bo‘ladi, nega bajarmaganingizni tushuntirasiz”, degan.
Yig‘ilishda ayrimlar safardan qaytganini aytgan, ammo asosli sababsiz kechiktirganlar ishga yaroqsiz deb topilib, bo‘shatilgan. Armstrong buni “qat’iy va og‘ir usul” deb tan olgan, ammo bu SI shunchaki ixtiyoriy emasligini aniq anglatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!