2011 yilning 15 dekabr sanasida Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan Chrome brauzeri, agar muayyan versiya bo‘yicha olganda, boshqa yirik raqiblarini ortda qoldirib, jahonning eng ommabop internet brauzeriga aylanadi. Brauzer uchun bunday tarixiy holat uning 15 versiyasida qayd etilgan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Google Chrome 15 yuqoridagi sanada ommaboplikda o‘zining eng jiddiy raqobatchisi Internet Explorer 8 brauzeridan ham o‘tib ketadi. StatCounter nashri bergan xabarga ko‘ra, ushbu sanada Google Chrome 15 versiyasini jahon bo‘ylab 24,55% foydalanuvchilar ishlatgan bo‘lsa, Explorer 8 brauzeridan 22,16% odam foydalangan. Firefox brauzerining so‘nggi versiyasiga tegishli ulush esa 15,53 foizni tashkil qilgan. 2011 yildagi umumiy ko‘rsatkichlarda Internet Explorer etakchilik qilgan bo‘lsa-da, 2012 yilda Google Chrome (32b75%) uni ortda qoldiradi. Shundan buyon Google Chrome brauzerining ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»