Elon Musk’ning sun’iy intellekt kompaniyasi xAI o‘zining Grok 2.5 modeliga oid model og‘irliklarini Hugging Face platformasida ochiq manba sifatida e’lon qildi, deb TechCrunch xabar berdi.
“@xAI’ning Grok 2.5 modeli, o‘tgan yili eng yaxshi modelimiz edi, endi ochiq manba bo‘ldi,” — deb yozdi Musk X ijtimoiy tarmog‘ida. U shuningdek, Grok 3 ham taxminan olti oy ichida ochiqlanishini bildirdi.
Muhandis Tim Kellogg’ning aytishicha, Grok litsenziyasi “raqobatga qarshi maxsus shartlar”ni o‘z ichiga oladi.
Grok chatboti yil davomida turli bahslarga sabab bo‘ldi. U “oq irq genotsidi” nazariyasiga berilib ketgani, Xolokost qurbonlari soniga shubha bildirgani va o‘zini “MechaHitler” deb atagani tufayli xAI tizim buyruqlarini GitHub’da e’lon qildi.
Musk Grok 4 modelini “eng haqiqat izlovchi sun’iy intellekt” deb ta’riflagan bo‘lsa-da, bu model bahsli savollarga javob berishda Musk’ning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini manba sifatida ishlatgani aniqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!