date

Apple Oppo va muhandisga qarshi sudga murojaat qildi

Apple Oppo va muhandisga qarshi sudga murojaat qildi

Apple kompaniyasi o‘zining sobiq muhandisi Chen Shi va Oppo kompaniyasiga qarshi sud da’vosi kiritdi, deb Rozetked xabar berdi. Da’vo sanoat josusligi va Apple Watch texnologiyalari bilan bog‘liq tijorat sirlarini o‘g‘irlash aybloviga taalluqli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shi 2020-yil yanvaridan 2025-yil iyunigacha Apple’da sensor tizimlari arxitektori sifatida ishlagan va kompaniyaning ichki ishlanmalari, texnik hujjatlari hamda mahsulot xaritasiga kirish imkoniga ega bo‘lgan. U ketishidan uch kun oldin 63 ta faylni maxfiy papkadan USB-ga ko‘chirganligi aytilmoqda.

Apple suddan Oppo va Chen Shiga kompaniya tijorat sirlaridan foydalanishni taqiqlashni, shuningdek, ko‘rilgan zarar va advokat haqlarini qoplashni talab qilmoqda. Oppo esa ayblovlarni rad etib, sud bilan hamkorlik qilishini va haqiqat sud jarayonida aniqlanishini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Oppo va muhandisga qarshi sudga murojaat qildi