Microsoft Translator dasturiy ta’minoti endilikda real vaqt rejimida ishlaydi. Uning mobil versiyasida foydalanuvchining so‘zlarini avtomatik tarzda bir yoki bir necha suhbatdosh tiliga tarjima qilish imkonini beruvchi muloqot funksiyasi paydo bo‘ldi. Muloqotga kirishish uchun smartfonda maxsus kodni kiritish yoki QR-kodni skanerlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, servisning internet-sahifasi orqali xorijliklar bilan muloqot qilish mumkin.
Android, iOS va Windows 10'da Microsoft Translator yangilangan tarjimon dasturini yuklab olish imkoni mavjud. Yangi funksiya sayohatlarda va xorijliklar bilan muloqot qilganda yaqindan yordam beradi. O‘z navbatida, gidlar sayyohlar qaysi tilda so‘zlashidan qat’i nazar, ularga kerakli ma’lumotni etkazishga muvaffaq bo‘lishadi.
Foydalanuvchi Microsoft Translator'ni o‘rnatishi bilanoq o‘z ona tilini belgilashi kerak bo‘ladi. Matnli rejimda taxminan 60 tilni qo‘llab-quvvatlaydi, og‘zakida esa - 7. Kelgusida servis 100 nafargacha bo‘lgan guruhlar bilan ishlashni ko‘zlamoqda.
Ta’kidlash joizki, Google Translator ilovasida sinxron tarjima xizmati mavjud, faqat foydalanuvchining qurilmasida — jamoaviy muloqotga boshqa gadjetdan qo‘shilishning iloji yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”