Google kompaniyasi Android operatsion tizimi xavfsizligini oshirish maqsadida, tekshirilmagan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan ilovalarni o‘rnatishni taqiqlashni e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lumot berildi.
2025 yil oktyabrda ishga tushiriladigan ishlab chiqaruvchilarni tekshirish tizimi, 2026 yil sentabrdan Braziliya, Indoneziya va Singapurda ishga tushadi. Yangi tizim ishlab chiqaruvchilarni sertifikatlash va ularning ishlab chiqargan ilova va dasturlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
2027 yildan boshlab, Google bu tizimni boshqa mamlakatlarda ham joriy qilishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar