Kaliforniyada yashovchi er-xotin o‘z o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilgani uchun OpenAI’ni sudga berdi. Ularning aytishicha, ChatGPT dasturi 16 yoshli Adam Reynni bunday qarorga undagan.
Ota-onaning da’vosiga ko‘ra, Adam dastur bilan yozishmalarida o‘zining tushkunligi va o‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlarini yozgan. ChatGPT esa bu xavfli fikrlarni rad etish o‘rniga, ba’zan ularni tasdiqlagandek javob qaytargan.
OpenAI oilaga hamdardlik bildirib, da’voni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Kompaniya dastur aslida odamlarni professional yordamga murojaat qilishga undashi kerakligini, ammo ba’zi vaziyatlarda tizim noto‘g‘ri ishlaganini tan oldi.
Sud da’vosida kompaniya rahbari Sem Altman va ChatGPT ustida ishlagan ayrim xodimlar ham ayblanuvchi sifatida ko‘rsatilgan. Ota-ona OpenAI’ni xavfsizlik choralariga rioya qilmaslikda ayblamoqda.
Mutaxassislar esa sun’iy intellekt va ruhiy salomatlik masalalarida xavf kuchayib borayotganini ta’kidlamoqda. Bunday voqealar AI dasturlaridan foydalanishda ehtiyot bo‘lish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar