
Samsung o‘zining yangi mahsulotlari taqdimotiga rasmiy taklifnomalar tarqatdi. Taqdimot Las-Vegasda kelgusi yilning 5—8 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilishi ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo».
Taqdimot ko‘rgazma arafasida, 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yil korporasiya stilusli planshet, Gear S3 aqlli soatlarining maxsus modifikasiyasi va Samsung Galaxy A smartfonlarining 2017 yil lineykasini taqdim etishi kutilmoqda.
Samsung bozordan qaytarib olingan Samsung Galaxy Note 7 ni almashtiradigan stilusli fabletni namoyish etishi ehtimoli juda kam ekanligi bildirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar