11:17 / 17.12.2016
6 706

Yon ekranli Honor Magic: AMOLED ekran va intellektual funksiyalar

Yon ekranli Honor Magic: AMOLED ekran va intellektual funksiyalar

Bugun Xitoyning Huawei kompaniyasi yon ekranli Honor Magic smartfonini rasman namoyish qildi. Model 5,9 dyuymli 2K formatidagia egma AMOLED ekran, 2,3 chastotali Kirin 950 prosessori, 12 MPli qo‘sh kamera va intellektual funksiyalar bilan jihozlangan.

Honor Magic 4 GB operativ va 64 GB doimiy xotiraga ega. Batareya sig‘imi 2900 mA/soat, Huawei Magic Power Fast Charging tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa smartfonga 20 daqiqada 70% quvvatlanish imkoniyatini beradi.

Har biri 12 MPli bo‘lgan qo‘sh kameraning aperturasi f/2,2, piksel o‘lchami 1.4 mkm. Old tomonga o‘rnatilgan sensorlar foydalanuvchining qo‘li va ko‘zlarini tanishga xizmat qiladi. Telefonni cho‘ntakka yoki stol ustiga qo‘ysangiz, ekran avtomatik tarzda o‘chadi.

Modelga FaceCode Intelligent Recognition funksiyasi tatbiq etilgan bo‘lib, u ekrandagi har bir xabar yoki bildirishnomani faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ko‘rsatadi. Yoki qorong‘i joyga kirganda, ushbu funksiya avtomatik tarzda telefon fonarini yoqadi.

Smartfon faqat Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Narxi 532 dollar atrofida bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yon ekranli Honor Magic: AMOLED ekran va intellektual funksiyalar