date

Telegram navbatdagi yangilanishlarni ommaga taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni ommaga taqdim etdi

Telegram jamoasi o‘z messenjerining so‘nggi versiyasini taqdim etdi va unda foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar va yangi imkoniyatlar qo‘shildi.

Endi istalgan suhbatdagi audio fayllarni mediapleerda faqat bir marta bosish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxsiy profilga qo‘shish mumkin. Profilga qo‘shilgandan so‘ng, musiqa tregi rasm ostidagi maxsus panelda avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.

Profilga taronalar qo‘shilganda esa oldingi qo‘shilgan treklar avtomatik tarzda pleylistga kiritiladi va shunga ko‘ra foydalanuvchilar o‘z musiqa to‘plamini doimiy tarzda yangilab borishi mumkin. Musiqa qo‘shish uchun media pleerdagi “Profilga qo‘shish” tugmasini bosish yoki kerakli trekni tanlab, “Saqlash” > “Profil” buyrug‘ini bajarish kifoya qiladi.

Shuningdek, Android qurilmalarida yaqinda o‘tkazilgan tanlov natijasida profillar ilk bor iOS platformasida aylantirish animatsiyasiga ega bo‘lgan yangi dizayn bilan taqdim etildi. Endi har qanday foydalanuvchi profilni ochganda qaysi varaq birinchi chiqishini tanlay oladi — bu esa saqlangan hikoyalar yoki sovg‘a to‘plamlarini ko‘rishni qulaylashtiradi.

Profildagi standart varaqni o‘zgartirish uchun “Sozlamalar” > “Mening profilim” bo‘limiga o‘ting, varaqni bosib turing va “Asosiy varaq sifatida belgilash” variantni tanlang. Shu tariqa, har bir foydalanuvchi o‘z profilini o‘z xohishiga ko‘ra shaxsiylashtirishi mumkin.

Navbatdagi yangilanishda Telegram sovg‘alari asosida yaratilgan o‘nlab yangi dinamik fonlar qo‘shildi. Endi foydalanuvchilar ularni istalgan shaxsiy suhbat uchun mavzular sifatida o‘rnatishi mumkin. Bu fon rasmini ochishning yagona usuli — uni sovg‘a qilishdir. Har bir fon rasmi sovg‘a xususiyatlari asosida bitta to‘plam buyumi uchun yagona mavzuni yaratadi. Hozirda Plush Pepes, Prescious Peaches, Durov’s Caps va Heart Lockets fonlari qo‘llanilmoqda.

Bundan tashqari, birovning profilida sovg‘ani yaxshilash xarajatini qoplash uchun yulduzchalar yuborish imkoni ham yaratildi. Agar foydalanuvchida yulduzlar yetarli bo‘lmasa yoki ularni almashtirishni bilmasa ham, keyinroq sovg‘ani yaxshilash bepul amalga oshirilishi mumkin.

Yangi filtrlar esa yaxshilanishi mumkin bo‘lgan sovg‘alarni topishni osonlashtirdi. “Keyingi sovg‘ani yangilash” tugmasi yordamida bir nechta sovg‘alarni ketma-ket yaxshilash mumkin. Shuningdek, dizaynerlar animatsiyalarga qo‘shimcha intriga kiritib, to‘plam buyumlarini ochish jarayonini yanada qiziqarli qildi.

Foydalanuvchilar endi Telegram savdolar bozorida kolleksion sovg‘alarni xavfsiz ayirboshlashlari mumkin. Yangi “Qiymat” maydonida sovg‘aning taxminiy qayta sotish narxi va shu turdagi boshqa sovg‘alarning o‘rtacha narxi aks ettiriladi.

Shuningdek, Telegram foydalanuvchilari maxsus muharrir yordamida o‘z stikerlarini yaratishlari va @Stickers boti orqali to‘plamlarini boshqarishlari mumkin. Yangi Stickers mini-ilovasi esa stikerlar va kichik rasmlar yaratish, to‘plamlarni kuzatish va ulardan foydalanish bo‘yicha batafsil statistikani ko‘rish imkonini taqdim etadi.

Har bir foydalanuvchi stikerlar va emojilar uchun ochiq Telegram platformasidan foydalangan holda o‘z san’at asarlarini yaratishi, yuborishi va boshqalar bilan baxam ko‘rishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram navbatdagi yangilanishlarni ommaga taqdim etdi