date

Rossiya va Xitoy Oyda xalqaro baza qurishga kelishishdi

Rossiya va Xitoy Oyda xalqaro baza qurishga kelishishdi

Rossiya va Xitoy hamkorligida global ahamiyatga ega yirik kosmik dastur ishga tushirilmoqda. “RBK” nashri xabar berishicha, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 25-yig‘ilishida katta tashabbus bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Pekin barcha SHHTga a’zo davlatlarni Rossiya bilan birgalikda amalga oshirilayotgan yangi loyihaga qo‘shilishga chaqirdi.

Gap Xalqaro ilmiy oy stansiyasi (ILRS) haqida ketmoqda. Bu loyiha “Roskosmos” va Xitoy milliy kosmik boshqarmasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma dastur hisoblanadi. Rejaga ko‘ra, obyekt qurilishi 2031–2035 yillar oralig‘ida amalga oshiriladi.

Xitoyning uzoq kosmosni o‘rganish dasturi bosh ishlab chiqaruvchisi Vu Yanxua ta’kidlaganidek, 2035 yilga kelib stansiya Oyning janubiy qutbida joylashtiriladi. U yerda 100 kilometr radiusda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati yaratiladi.

Bu tashabbus nafaqat Rossiya va Xitoy, balki butun insoniyat uchun ilmiy yutuqlar eshigini ochishi kutilmoqda. Oyda quriladigan stansiya orqali geologiya, astronomiya, atmosfera va turli fan sohalarida keng ko‘lamli izlanishlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Aslida, Oyda xalqaro baza qurish g‘oyasi ilk marta 2021 yilda e’lon qilingan edi. O‘sha vaqtda bu tashabbus ko‘plab davlatlar va ekspertlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi. Endi esa reja amaliy bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiya va Xitoy Oyda xalqaro baza qurishga kelishishdi