date

OpenAI ishga qabul qilish bozoriga kirib, LinkedIn’ga raqobat qilmoqda

OpenAI ishga qabul qilish bozoriga kirib, LinkedIn’ga raqobat qilmoqda
OpenAI ishga qabul qilish jarayonini tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan yangi platforma - OpenAI Jobs Platform’ni ishga tushirganini rasman e’lon qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tizim sun’iy intellektdan foydalanib, ish beruvchilarning talablarini ish izlovchilarning ko‘nikmalari bilan avtomatik ravishda taqqoslaydi. Bu vosita nafaqat yirik biznes, balki kichik korxonalar va davlat tashkilotlari uchun ham, ayniqsa IT-mutaxassislarini izlashda foydali bo‘ladi.
Loyihaning o‘ziga xos xususiyati - foydalanuvchilar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini o‘rganishlari va tasdiqlashlari mumkin bo‘lgan OpenAI Academy o‘quv muhiti bilan uzviy bog‘langanligidir. Bu ish izlovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi va platformani yanada shaffof hamda xolis qiladi.
OpenAI Microsoftga qarashli LinkedIn’ga raqobat qilishni maqsad qilgani ko‘rinib turibdi. Mutaxassislar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoqdan farqli o‘laroq, yangi tizim rasmiy tarjimai hol va tavsiyalarga emas, balki sun’iy intellekt tomonidan tasdiqlangan ko‘nikmalarga e’tibor qaratadi.
OpenAI Jobs Platform 2026-yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi kutilmoqda. Ishlab chiqish jarayoni allaqachon faol olib borilmoqda va kompaniyaning maqsadlariga ko‘ra, ishga qabul qilish bozorida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.
Sun’iy intellekt ish qidirish yondashuvini o‘zgartira oladimi va ishga joylashishni adolatliroq hamda tezroq qila oladimi? Vaqt o‘tib ko‘ramiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI ishga qabul qilish bozoriga kirib, LinkedIn’ga raqobat qilmoqda