2016 yilda Samsung kompaniyasi Apple'ga o‘ziga xos "sovg‘a" taqdim etdi. Janubiy Koreya giganti iPhone 7 va 7 Plus qurilmalari taqdimotidan avval o‘zining yangi Samsung Galaxy Note 7 qurilmasini namoyish qildi. Biroq tez orada akkumulyator yonib ketish holatlarining ko‘payishi natijasida Samsung'ning yangi smartfonlari bozordan qaytib olindi.
2017 yilda Samsung fabletlar bozorida o‘z pozisiyasini tiklashiga to‘g‘ri keladi. Apple ham bu borada o‘z tuhfasini tayyorlamoqda. 229 sahifali patent arizasining 150 sahifasida aqlli stilusni qo‘llash variantlariga izoh beriladi.





Matn bilan ishlash, chizish va suratni qayta ishlash, videoni montaj qilish (jumladan bloklangan ekranda ham) – texnologiyalarning bir qismini Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilarda ko‘rganmiz. Patent arizasi 2015 yilning 22 sentyabrida registrasiyadan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, endigina tasdiqlandi.
iPhone stilus displeyga tegmasidanoq uni "taniy oladi".
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, stilusdan foydalanish smartfon bilan tezroq "hamkorlik qilish" va uning quvvatini tejashga imkon beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar