So‘nggi yillarda sun’iy intellekt deyilganida ko‘pchilik avvalo OpenAI va ChatGPT’ni eslaydi. Ammo endilikda Yevropadan chiqqan Mistral AI nomli kompaniya tez rivojlanib, bozorga jiddiy raqobatchi sifatida kirib kelmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar berdi.
Kompaniya 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa fursatda katta sarmoya jalb qildi va o‘z modellarini jahon bozoriga taqdim etdi. Mistral AI’ning asosiy g‘oyasi — ochiq kodli, hamma uchun shaffof va foydalanishga qulay sun’iy intellekt yaratishdir.
Ushbu yondashuv orqali ular ishonch qozonib, tobora ko‘proq foydalanuvchilarni o‘ziga tortmoqda. Kompaniya katta til modellari va yangi mahsulotlari yordamida bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Ehtimol, Mistral AI kelajakda sun’iy intellekt sohasida yangi standartlarni belgilab beradi. Sizningcha, ochiq kodli texnologiyalar yopiq tizimlardan ko‘ra samaraliroq bo‘ladimi?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!