Nepalda ijtimoiy tarmoqlarni bloklash qarori bekor qilindi. Facebook va YouTube kabi platformalarga qo‘yilgan taqiq sabab ko‘plab yoshlar ko‘chalarga chiqdi. Katmanduda politsiya bilan to‘qnashuvlarda 19 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortig‘i jarohat oldi.
Hukumat taqiqni yolg‘on ma’lumot va firibgarlikning oldini olish bilan izohladi. Ammo yoshlar buni adolatsiz qaror deb hisoblab, korrupsiyaga qarshi shiorlar bilan norozilik bildirishdi.
Bosh vazir Sharma Oli voqealardan afsusda ekanini aytdi. Hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga yordam berishini va jarohatlanganlarga bepul davolanish ta’minlanishini bildirdi.
Politsiyaning kuch ishlatishi tanqid qilindi. Shundan so‘ng Ichki ishlar vaziri Ramesh Lexak iste’foga chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar