Texnologiya ishqibozlari uchun kutilgan kun yetib keldi — bugun, 9 sentyabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi yirik taqdimot marosimini o‘tkazadi.
Mazkur taqdimot kompaniyaning an’anaviy kuzgi tadbirlaridan biri bo‘lib, unda yangi avlod smartfonlari, smart-soatlar va boshqa qo‘shimcha qurilmalar namoyish etilishi kutilmoqda. Ramziy tarzda “Wonderlust” shiori ostida o‘tadigan tadbir soat 22:00 da start oladi.
Ayrim xalqaro nashrlar va texnoblogerlar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatini allaqachon e’lon qilishgan. Unga ko‘ra, bugungi marosimda quyidagi yangi qurilmalar taqdim etiladi:
- iPhone 17
- iPhone 17 Pro
- iPhone 17 Pro Max
- iPhone 17 Air
- Apple Watch Series 11
- Apple Watch Ultra 3
- Apple Watch SE 3
- AirPods Pro 3
Aytish joizki, bu yilgi iPhone 17 modellarida dizaynda kichik o‘zgarishlar, kamera sifatining oshishi, yangi A19 Bionic protsessori, energiya tejamkor displey hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan integratsiya qilingan funksiyalar kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!