date

Apple AirPods Pro 3’ni taqdim etdi: tashqi ko‘rinishi avvalgidek, ammo imkoniyatlari yangi

Apple AirPods Pro 3’ni taqdim etdi: tashqi ko‘rinishi avvalgidek, ammo imkoniyatlari yangi

Apple kompaniyasi sentabr oyidagi katta taqdimotida AirPods Pro 3 naushniklarini rasman e’lon qildi. Bu haqda Rozetked xabar berdi. Flagman naushniklar 2022-yildan beri birinchi marta yangilandi, ammo tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan.

Asosiy e’tibor ichki funksiyalarga qaratilgan. Eng avvalo, faol shovqinni kamaytirish (ANC) tizimi ikki baravar samaraliroq ishlay boshlagan. Yana bir yangilik — real vaqtda tarjima qilish imkoniyati. Endi siz chet tilidagi nutqni bir vaqtning o‘zida eshitib, tarjimasini olishingiz mumkin.

 

Naushniklar ilk bor yurak urish tezligini o‘lchovchi datchik bilan jihozlandi. Endilikda foydalanuvchilar yurak ritmini kuzatib borishlari, sog‘liq ustida nazoratni oshirishlari mumkin. Apple bu gal sport ixlosmandlarini ham unutmagan — 15 xil mashg‘ulot rejimini kuzatish mumkin va endi bu uchun Apple Watch shart emas.

Avtonomiya ham yaxshilangan: ANC rejimida 8 soat, Hearing Aid rejimida esa 10 soatgacha ishlaydi. Bu esa kun bo‘yi foydalanishga yetarli.

AirPods Pro 3 endi IP57 darajasida suv va changga chidamli bo‘lib, bu Apple naushniklari tarixida ilk bor. Shuningdek, yangi pena materialidan tayyorlangan qulay ambushyuralar ham qo‘shilgan.

Eng qizig‘i — barcha yangilanishlarga qaramay, narx o‘zgarmagan — 249 dollar. Naushniklar 19-sentabrdan sotuvda bo‘ladi. Siz uchun qaysi funksiya eng foydali tuyulyapti?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple AirPods Pro 3’ni taqdim etdi: tashqi ko‘rinishi avvalgidek, ammo imkoniyatlari yangi