date

Apple Watch Series 11 taqdim etildi: 5G, Liquid Glass va yangi funksiyalar

Apple Watch Series 11 taqdim etildi: 5G, Liquid Glass va yangi funksiyalar

Apple o‘zining yangi avlod aqlli soati — Watch Series 11’ni taqdim etdi. Rozetked xabariga ko‘ra, tashqi dizayn deyarli o‘zgarmagan, ammo ichki imkoniyatlar sezilarli darajada kengaygan.

Asosiy yangiliklardan biri — bu 5G qo‘llab-quvvatlovi. Apple tarixida ilk bor, soat mustaqil tarzda yuqori tezlikdagi mobil tarmoqqa ulanadi.

Shuningdek, soat endi Liquid Glass deb nomlangan yangi turdagi ekran shishasi bilan himoyalangan. Bu material tirnalishga nisbatan ikki barobar chidamli va soatni yanada mustahkam qiladi. Bundan tashqari, Series 11 hozirgacha yaratilgan eng yupqa Apple Watch hisoblanadi.

Yangi rang — Space Gray aluminiy, korpus esa qayta ishlangan alyuminiy va titandan tayyorlangan. Tez quvvatlanish funksiyasi yaxshilangan, ammo avtonom ishlash vaqti 24 soatligicha qolgan.

Sog‘liq monitoringi bo‘yicha ham yangiliklar bor: uyqu sifati, gipertoniya va yurak ritmi haqida ogohlantirish, EKG, hamda Vitals paneli orqali muhim ko‘rsatkichlarni kuzatish imkoniyati mavjud.

watchOS 26 operatsion tizimi esa quyidagi yangiliklar bilan chiqdi: qo‘l harakatlari bilan boshqarish, Smart Stack’ning takomillashtirilgan shakli, real vaqtda tarjima, Notes va Apple Intelligence asosidagi Workout Buddy funksiyasi.

Yangi model 399 dollardan sotuvga chiqadi. Texnologiyaning inson hayotiga foydali tarzda integratsiyalashuvi tobora kuchaymoqda. Siz aynan qaysi funksiyani kutgan edingiz?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Watch Series 11 taqdim etildi: 5G, Liquid Glass va yangi funksiyalar