2025 yilda foydalanuvchilar uchun yangi emojilar taqdim etiladi, deb TechCrunch xabar berdi. Yangi to‘plamga Bigfoot, orka kiti, xazina sandig‘i, feniks, suzish harakati, qo‘l berish ishorasi va boshqa belgilar kiradi.
Bu emojilar Unicode 16.0 standarti doirasida tasdiqlanishi kutilmoqda. Yangi belgilar 2025 yil oxiriga borib iOS, Android va boshqa qurilmalarda paydo bo‘lishi mumkin.
Emoji rivojlanishini nazorat qiluvchi Unicode konsortsiumi har yili yangi takliflarni ko‘rib chiqadi. Yangi emojilar orasida emotsiya, jonivorlar, hayvonlar va ishoralar kabi turli mavzular qamrab olingan. Ularning dizayni har bir platformada o‘ziga xos tarzda aks etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar