Microsoft va OpenAI yangi kelishuv imzoladi. Bu kelishuv OpenAI’ga o‘zini for-profit (daromad olishga yo‘naltirilgan) kompaniyaga aylantirish imkoniyatini beradi. Bu qadam sun’iy intellekt sohasidagi eng yirik hamkorliklardan birini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Yangi shartlar haqida to‘liq ma’lumot berilmadi, biroq tomonlar yakuniy kelishuv ustida ishlashda davom etmoqda. OpenAI so‘nggi yillarda katta daromad topib, xalqaro miqyosda kengayishni maqsad qilmoqda.
Microsoft 2019-yilda OpenAI’ga 1 milliard, 2023-yilda esa 10 milliard dollar sarmoya kiritgan edi. Avval Microsoft OpenAI mahsulotlarini faqat Azure orqali tarqatgan bo‘lsa, endi kompaniya Oracle va Google bilan ham hamkorlik boshladi.
OpenAI tuzilmasidagi o‘zgarishlar AQSh ruxsatidan o‘tishi kerak. Jarayon yil oxirigacha yakunlanmasa, kompaniya katta mablag‘ yo‘qotishi mumkin. Shu bilan birga, Microsoft ham o‘z sun’iy intellekt ishlanmalarini mustaqil rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!