09:29 / 21.12.2016
7 210

Facebook asoschisi Sukerberg uyda yordam beruvchi ixtirosini namoyish qildi

Facebook asoschisi Sukerberg uyda yordam beruvchi ixtirosini namoyish qildi

Facebook rahbari Mark Sukerberg u tomonidan yaratilgan, "Temir odam" filmidagi Jarvis nomli yordamchi kabi uyda yordamchi vazifasini bajaruvchi sun’iy ong tizimi haqidagi videoni chop etdi.

Sukerberg uyni boshqarish tizimini shunday tanishtirdi ham: "Bir yil kodingdan keyin, tanishing – Jarvis".

Facebook rahbari shaxsiy yordamchisi ustida olib borgan ishi haqidagi tafsilotlarni 20 dekabrda so‘zlab berdi. Uning aytishicha, u tomondan yaratilgan tizim uydagi harorat, yorug‘lik, eshiklar, kamera va boshqa "aqlli" qurilmalarni boshqara oladi.

Jarvisni iPhone uchun ovozli dastur, Facebook Messenger uchun bot yoki kuzatuv kamerasi yordamida boshqarish mumkin. Tizimga nutqni tanish va tahlil qilish algoritmlari va yuzni tanish texnologiyasi tatbiq qilingan.

2016 sentyabrda Sukerberg uyni boshqarish tizimi haqida so‘zlab bergandi va uni ommaga to‘liq tayyor bo‘lgandan keyin namoyish qilishini, ayni vaqtda esa u hattoki rafiqasiga ham quloq solmayotganini aytgandi.

Facebook asoschisining aytishicha, yaqin o‘n yillarda sun’iy ong o‘zini deyarli insondek tuta oladi va uning ko‘rish, etishish va nutq kabi asosiy funksiyalariga ega bo‘ladi.

2016 yil oktyabrda "Temir odam" filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Robert Dauni Sukerbergning sun’iy ongi uchun ovoz sifatida o‘z ovozini taklif qilgandi. Aslida yangi tizimga kim ovoz bergani hozircha ma’lum qilinmadi.
[media=https://youtu.be/SHNyfG0YPqA]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook asoschisi Sukerberg uyda yordam beruvchi ixtirosini namoyish qildi