date

ChatGPT foydalanuvchilardan yoshni tasdiqlashni talab qiladi

ChatGPT foydalanuvchilardan yoshni tasdiqlashni talab qiladi

OpenAI sun’iy intellektdan foydalanishda yosh chegaralarini kuchaytirmoqda. Kompaniya tez orada ChatGPT foydalanuvchilari uchun shaxsni tasdiqlash jarayonini joriy etadi. Maqsad — bolalarning sun’iy intellektdan nazoratsiz foydalanishining oldini olish, deb yozadi Business Insider.

OpenAI rahbari Sem Altman ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlar sun’iy intellektdan foydalanishda “qo‘shimcha himoyaga muhtoj”. Shu bois, agar tizim foydalanuvchining yoshiga ishonch hosil qila olmasa, hujjatlarni yuklashni so‘raydi. Altman buni kattalar uchun “qulaylikdan biroz voz kechish” deb atadi, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhim kelishuv sifatida ko‘rmoqda.

Agar foydalanuvchi yoshini tasdiqlashga qodir bo‘lmasa, ChatGPT uni ota-ona nazorati mavjud maxsus versiyaga yo‘naltiradi. Ushbu rejimda jinsiy mazmun, nozik suhbatlar va romantik kontentga kirish yopiladi.

OpenAI yangi tizimni faqat ayrim davlatlarda ishga tushirishni rejalashtirgan. Shunga qaramay, oy oxiriga qadar ota-ona nazorati rejimi barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ChatGPT foydalanuvchilardan yoshni tasdiqlashni talab qiladi