date

AQSh va Xitoy muzokarasi yakuniy bosqichda

AQSh va Xitoy muzokarasi yakuniy bosqichda
AQSh va Xitoy TikTok masalasida kelishuvga yaqinlashmoqda. Prezident Donald Tramp va rais Si Szinpin juma kuni uchrashishi kutilmoqda. Muzokara TikTok’ning AQShdagi faoliyatini amerikalik kompaniyalarga topshirish haqida bormoqda.

Asosiy masala – TikTok algoritmi. Xitoy uni to‘liq berishni istamaydi, faqat litsenziya asosida ulashishga tayyor. Mutaxassislar bu holat ilova imkoniyatlarini cheklashi mumkinligini aytmoqda.

Kelishuv hali Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ba’zi qonunchilar Xitoy ta’siri saqlanib qolishi mumkinligidan xavotirda. TikTok’ning boshqa mamlakatlarda ishlash tartibi ham noma’lumligicha qolmoqda.

Ekspertlar fikricha, Pekin algoritmni o‘zida qoldirib, uni litsenziyalash orqali texnologiyalarini boshqa davlatlarga ham yoyishni ko‘zlamoqda. Bu esa AQSh–Xitoy savdo munosabatlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh va Xitoy muzokarasi yakuniy bosqichda