date

iOS 26 da yangi adaptiv quvvat tejash tizimi ishga tushdi

iOS 26 da yangi adaptiv quvvat tejash tizimi ishga tushdi

Apple kompaniyasi yaqinda taqdim etgan iOS 26 operatsion tizimida foydalanuvchilar uchun muhim yangiliklardan biri — “Adaptiv quvvat rejimi” bo‘ldi. Ushbu imkoniyat ayfon ishlatish jarayonida batareya resursini tejashni maqsad qilib, fon jarayonlarni aqlli boshqarishga yo‘naltirilgan. Eng qizig‘i, bu rejim har doim emas, balki faqat tizim ortiqcha quvvat sarfini sezgan paytlarda faollashadi.

Yangi funksiya orqali odatiy holatda smartfon egasi kuniga 1 soatgacha qo‘shimcha ish vaqtini qo‘lga kiritishi mumkin. Agar telefon yengil rejimda ishlatilsa, vaqt zaxirasi 2 soatgacha oshishi kutilmoqda. Biroq ayrim holatlarda rejimning ta’siri sezilarli bo‘lmasligi ham qayd etilgan.

Qiziq jihatlardan biri shundaki, yaqinda taqdim etilgan iPhone 17 Air modeli kichikroq batareyaga ega bo‘lishiga qaramasdan, avtonom ishlash ko‘rsatkichlari yetarlicha yaxshi ekani kuzatilmoqda. Adaptiv quvvat rejimi bu model uchun ham muayyan yordam ko‘rsatadi, ammo ekspertlar ta’kidlashicha, u smartfonning asosiy “qutqaruvchisi” hisoblanmaydi.

Shu bilan birga, iOS 26 ichidagi yana bir muhim funksiya — Apple Intelligence — faqat iPhone 15 Pro va undan yuqori modellarda ishlaydi. Ya’ni eskiroq ayfon egalari bu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Yangi iPhone 17 seriyasi esa bu borada ajralib turadi: unda Adaptiv quvvat rejimi sukut bo‘yicha avtomatik tarzda yoqilgan holda keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iOS 26 da yangi adaptiv quvvat tejash tizimi ishga tushdi