Toshkent shahri Mirobod tumanida robototexnika va muhandislik markazi ishga tushdi, deb Kursiv.media xabar berdi. Markazda 1000 dan ortiq o‘quvchilar tahsil olishi mumkin.
Markaz Mirobod tumanidagi 31-maktab binosida tashkil etilgan. Ochilish marosimida Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori, soliq inspeksiyasi va ta’lim bo‘limi rahbarlari hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Ushbu markazda o‘quvchilar robototexnika, fizika, sun’iy intellekt asoslari, zamonaviy texnologiyalar, dronlar va boshqa fanlarni o‘rganadi. Shuningdek, fizika, texnologiya va biologiya bo‘yicha laboratoriyalar ham faoliyat yuritadi. Markaz o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun ham xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar