16:55 / 22.12.2016
6 974

4K ekranli Dell XPS 15 noutbuki haqida ilk tafsilotlar oshkor etildi

4K ekranli Dell XPS 15 noutbuki haqida ilk tafsilotlar oshkor etildi

Dell XPS kompaniyasi Dell XPS 15 noutbukiga qarashli ba’zi texnik xususiyatlarni taqdimotdan oldin e’lon qilib yubordi. Terabayt.uz sayti yozishicha, mazkur noutbukka Intel Kaby Lake (i3-7100HQ, i5-7300HQ yoki i7-7700HQ) prosessorlari o‘rnatiladi. Displey aniqligi 4K (3840×2160 piksel) formatda bo‘lishi ma’lum qilingan.

Yangi noutbuk 4 GB videoxotiraga ega bo‘lgan NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasi bilan quvvatlanadi. Qizig‘i shundaki, NVIDIA kompaniyasi hali GeForce GTX 1050 grafik chiplarini rasman taqdim qilmaganidir. Mutaxassislar, AQSh giganti ularni CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilishini taxmin etishmoqda.

Dell XPS 15 modeliga 32 GBgacha bo‘lgan operativ xotira va 1 TBgacha qattiq disk o‘rnatish mumkin. Noutbuk ham xuddi NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasi bilan bir qatorda yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 4K ekranli Dell XPS 15 noutbuki haqida ilk tafsilotlar oshkor etildi