Ozarbayjon o‘zining mahalliy internetini ishlab chiqdi

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi Axborot-hisoblash markazi (AHM) mahalliy intranet tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha texnik ishlarni yakunladi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.
Ushbu tarmoq mahalliy internet-trafikdan foydalanishni optimizasiya qilish va foydalanuvchilarning “Elektron hukumat” (e-gov.az) portaliga sifatli kira olishlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda Ozarbayjon internet-provayderlarini ushbu tarmoqqa ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Trafik almashish uchun o‘tkazish quvvati sekundiga 1 gigabitga teng kanaldan foydalanilmoqda.
Trafik iste’moli o‘sib borgani sayin, axborot uzatish tezligi ham sekundiga 10 gigabitgacha uzaytirilishi mumkin.
Qayd etishlaricha, internet-trafik iste’molini optimizasiya qilish provayderlarning xalqaro kanallari bandligini 40 foizgacha kamaytirishga, o‘z navbatida, foydalanuvchilarning mahalliy internet-resurslarga kirish tezligini sezilarli oshishiga yordam beradi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing